Isroillik olimlar koronavirusga qarshi yangi testni sinab ko`rishdi. Mazkur tahlil usulining aniqlash darajasi 96 foizdan ham ko`proqni tashkil etmoqda, deb xabar qiladi mamlakat turizm vazirligi.
Tajriba tariqasida 250 kishidan olingan test narxi arzimagan pul - bir shekel turadi.
Tahlil topshirish uchun og`iz so`lagidan namuna olinsa bo`ldi. Tuzli aralashma bilan og`iz chayilgandan keyin, test probirkada nur taratuvchi asbob yordamida tekshiriladi va inson COVID-19ga chalinganmi yo yo`qmi, aniqlanadi. Ushbu asbob boshqa viruslarni ham topish imkoniyatiga ega ekan.
Bundan tashqari, Isroil tibbiyoti COVID-19ni 30-40 soniyada aniqlaydigan tegnologiya hamda uyda turib 20 daqiqada javobi olinadigan ilova taqdimotini ham o`tkazdi.
"Sog`liqni saqlash vazirligi yaqin kunlarda Ben-Gurion aeroportini COVID-19ni aniqlovchi laboratoriya bilan jihozlash uchun tender e`lon qiladi, — deydi Isroil turizm vazirligining Rossiya va MDH davlatlari bo`yicha departamenti direktori Vladimir Shklyar.
Isroillik olimlarning mazkur yangi ixtirosi odamlar avvalgi yashash sharoitiga qaytishlari va yana o`z xavfsizligi, salomatligidan xavotirga tushmay sayohat qilishlariga imkon beradi, deyiladi xabarda.
20.08.2020 07:16
Isroilda koronavirusni bir daqiqaga qolmay aniqlash usuli ixtiro qilindi






