Bugun AOKA huzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Barno Abdusamatova ishtirokida brifing bo`lib o`tdi.
Savol:
Koronovirus infeksiyasi kasalligidan so`ng xotiram pasayganini sezdim. Shunaqa bo`lishi mumkinmi? Xotiram o`z holiga keladimi, buning uchun qanday muolajalar qilishim kerak?
— Mumkin. Kasallik o`rta va og`ir kechgan bo`lsa test natijalari manfiy chiqishi bemor tezda oldingi holatiga keladi degani emas.
Bemorda tez charchash, holsizlik, ta`m va hid bilishni sezmasligi, kurak sohasidagi og`iqlar, yo`tal, depressiya holatlari, xotirani pasayishi kuzatilishi mumkin. Kasallik engil kechsa ham asorati bo`ladi. Lekin barcha a`zolar faoliyati sekin-asta yaxshilanadi. Asoratlar bir necha hafta yoki oy ichida yo`qolishi mumkin, ammo ba`zi odamlarda bu uzoqroq vaqt davom etishi ehtimoli ham mavjud.
- Xotirani tezroq oldingi holiga qaytarish uchun quyidagilarni tavsiya etiladi:
- jismoniy mashqlar bilan shug`ullaning. U miya faoliyatini tiklashga yordam beradi;
- kognitiv funksiyani tiklashga yangi qiziqishlar (xobbi), jumboq mashg`ulotlar, so`zli va raqamli o`yinlar, xotirani tiklovchi mashqlar va kitob o`qish yordam beradi;
- o`zingiz uchun qilishiz kerak bo`lgan ishlarni nechida va qaysi kuni bajarishingiz haqida eslatib turish uchun turli xil eslatmalardan foydalaning;
- masalan, bajarilishi kerak bo`lgan ishlaringiz ro`yxatini tuzib yozing, turli eslatmalar va telefon tovushlaridan foydalanishingiz mumkin;
- rejalashtirilgan ishlaringiz murakkab va hatto imkonsiz bo`lib ko`rinmasligi uchun ularni alohida harakatlarga bo`lishingiz kerak;
- vitaminga oziq ovqatlar, meva va sabzavotlarni ko`proq iste`mol qiling.






