Belorussiyalik yozuvchi Svetlana Aleksievichga adabiyot yo`nalishi bo`yicha Nobel mukofoti topshirildi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.
Taqdirlash marosimi kecha, 10-dekabr kuni Stokgolm shahrida bo`lib o`tdi. Aleksievich o`z medali va diplomini Shvesiya qiroli Karl XVI Gustavning qo`lidan qabul qilib oldi. Belorussiya milliy telekanallari mukofotni topshirish marosimini translyasiya qilmagan.
Nobel mukofotiga nomzodlar orasida Svetlana Aleksievich ham borligi joriy yilning 8 oktyabrida ma`lum qilingan edi.
Alekseivich “Sekond xend vaqti”va “Ruxli bolalar” kabi asarlari bilan tanilgan yozuvchi.
Nobel mukofoti 1901 yilda joriy qilingan. Mukofot puli qiymati 10 million shved kroniga teng.