AsosiyDunyo

Rossiyada noqonuniy migrantlar mehnatidan foydalangani uchun korxona jarimaga tortildi

'Rossiyada noqonuniy migrantlar mehnatidan foydalangani uchun korxona jarimaga tortildi'ning rasmi

Tver shahrida joylashgan «Jilfinansproekt» korxonasi faoliyatida prokuratura tomonidan o`tkazilgan tekshiruv davomida qonunbuzarlik, ya`ni tashkilot qurilish ishlariga ruxsatnomasi bo`lmagan uch nafar chet el fuqarosini noqonuniy ravishda jalb qilgani aniqlangan. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi ma`lum qildi.

Shu bilan birga, ular polisiya bo`limiga olib kelingach, korxona vakili mazkur «huquqbuzarlik bo`yicha bayonnoma rasmiylashtirmaslik uchun» 15 ming rubl pora berishga ham uringan.

Natijada korxonaning ikki mansabdor shaxsi intizomiy javobgarlikka tortildi. Bundan tashqari, 500 ming rubl miqdorida jarima belgilanib, yuridik shaxs nomidan «noqonuniy mukofot» uchun korxonaga nisbatan ish ham qo`zg`atildi. 

    Boshqa yangiliklar