AsosiyDunyo

Qozog`istonda koronavirusga chalinib undan tuzalgan 14 nafar bolada Kavasaki sindromi kuzatildi

'Qozog`istonda koronavirusga chalinib undan tuzalgan 14 nafar bolada Kavasaki sindromi kuzatildi'ning rasmi

Qozog`iston sog`liqni saqlash vazirligi koronavirus infeksiyasiga chalinib undan tuzalgan bolalarda ommaviy ravishda Kavasaki sindromi kuzatilayotgani haqidagi xabarlarni inkor etdi. Vazirlik axborotiga ko`ra, mamlakatda faqat 14 nafar bolada COVID-19’dan keyin Kavasaki sindromi kuzatilgan. Bu haqda «Interfaks» xabar qildi.

«Bolalarning Kavasaki sindromiga ommaviy ravishda chalinayotgani haqidagi xabar haqiqatga to`g`ri kelmaydi», – deyiladi Qozog`iston SSV axborot xizmatining axborotida.

Vazirlik ayni vaqtda ko`plab mamlakatlar, jumladan, Qozog`iston koronavirus infeksiyasining engil, belgisiz o`tadigan shakli bilan kasallangan bolalarda ko`p tizimli yallig`lanish sindromi (Kavasaki sindromi) kasalligi kuzatilayotganini ma`lum qilgan.

«Biroq ushbu kasallik ayrim bolalarda kuzatilmoqda va koronavirus infeksiyasiga chalingan hamma bolalar u bilan, albatta, kasallanadi deb aytishga asos yo`q», – deyiladi xabarda.

Qozog`iston SSV taqdim etgan rasmiy statistika bo`yicha 13 martdan 19 avgustgacha 2 357 nafar voyaga etmagan bolalarda COVID-19 koronavirus infeksiyasiga chalinish holatlari kuzatilgan.

«Ko`p qatlamli yallig`lanish sindromi ularning 14 nafarida kuzatilgan. Ya`ni kasallanish ko`rsatkichi 0,6 foizdan ham past. Shundan besh nafar bola Nur-Sulton shahrida yashaydi, ularning uch nafari kasallikdan to`liq tuzalib uyiga ketgan, Qarag`anda, Akmolinsk va Oqto`be viloyatlarida ikki nafardan, Olmaota, Turkiston va Atirau viloyatlarida bir nafardan bola ushbu sindrom bilan kasallangan», – deyilgan ma`lumotda.

SSVning qayd etishicha, kasallangan bolalarning hammasi etuk tibbiyot mutaxassislari nazoratida bo`lib turibdi. Ularning davolanishi uchun maxsus koykalar ajratilgan, bolalarga kerakli dori vositalari ajratilgan.

 

    Boshqa yangiliklar