AsosiyDunyo

Pekindagi tibbiyot mutaxassislari shahar aholisidan niqob taqish majburiyatini olib tashladi

'Pekindagi tibbiyot mutaxassislari shahar aholisidan niqob taqish majburiyatini olib tashladi'ning rasmi

Bu koronavirus tarqalishining oldini olish bo`yicha o`rnatilgan qoidalarning yanada yumshatilishi bo`ldi. Pekinda 13 kundan beri yangi kasallanish hollari kuzatilmayapti.  Bu haqda tarjumon.uz xabar berdi.

Ushbu yangi ko`rsatmaga qaramasdan juma kuni Pekin aholisining katta qismi yuz niqoblaridan foydalanishni davom ettirishdi. Ba`zi odamlar yuz niqoblarida o`zlarini xavfsiz his qilayotganlarini aytishgan bo`lsa, boshqalar niqoblarini taqishlariga ijtimoiy bosim sabab bo`layotganini ta`kidlashdi.

“Men xohlagan paytim niqobni echib tashlashim mumkin. Lekin, buni boshqalar to`g`ri qabul qiladimi yoki yo`q, buni bilib olishim kerak. Chunki, odamlar mening niqobsiz yurganimni ko`rib xavotirga tushishlaridan qo`rqaman” deydi pekinlik Sao ismli ayol.

Pekindagi tibbiyot sohasi rahbarlari aprel oyining oxirida ham aholining niqobsiz yurishi mumkinligini ma`lum qilishgandi. Ammo, iyun oyida Pekindagi bozorlardan birida koronavirusning tarqalgani uchun niqob taqish yana majburiy qilib qo`yilgandi.

Ayni paytda Xitoyda koronavirusning tarqalishi to`xtatishda muvaffaqiyat qozonilmoqda. Bu erda besh kundan beri aholi orasida yangi kasallanish hollari qayd etilmadi. Eksperlarning aytishicha, Xitoyning COVID-19 ni nazoratga olishdagi samarali ishlari qoidalarning qat`iy tarzda joriy qilinganining, jumladan, niqob taqish, majburiy uy karantini va katta hajmdagi test sinovlarining o`tkazilishining natijasi bo`ldi.

Xitoyda 20 avgust kuni chetdan kelgan fuqarolarning 22 tasi koronavirusga chalingani aniqlandi. Koronavirusning “vatani”da hozirgacha jami bo`lib 84 917 kishi bu virus bilan kasallandi.

 


 

    Boshqa yangiliklar