AsosiySalomatlik

Nos chekadigan insonlarda koronavirus qanday kechadi?

'Nos chekadigan insonlarda koronavirus qanday kechadi?'ning rasmi

Ushbu savolga bugun AOKAda bo`lib o`tgan brifingda ishtirok etgan Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Sevara Ubaydullaeva quyidagicha javob berdi:

"Sigaret va nos, umuman har qanday chekuvchi vositalar organizmda turli xil o`zgarishlar keltirib chiqaradi.  

Surunkali chekish oqibatida turli xil o`pka, oshqozon ichak tizimi, asab tizmi kasalliklari va og`iz bo`shlig`i o`smalari paydo bo`lishi JSST tomonidan ham tasdiqlangan.

 Shu bois, koronavirus kasalligini kechuvini bunday holatlar og`irlashtirishi tabiiy. Kasallikni engil kechishi uchun bunday odatlardan voz kechsangiz, o`z salomatligingizni yanada himoya qilgan bo`lasiz."

 

    Boshqa yangiliklar