Internet foydalanuvchilari YouTube`ga hayvonot bog`idagi orangutanning kichik fokusga munosabati aks etgan videorolikni joylashtirdi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.
Videorolikni ikki kun ichida 2,7 million marta tomosha qilingan.
Rolikda hayvonot bog`iga tashrif buyurgan kishi maymunga kichik fokus namoyish qiladi. Bunda u stakan ichiga kichik sharchani soladi, so`ng uni ko`zdan yiroqlashtirib, sezdirmasdan stakan ichidagi sharchani olib qo`yadi.
Orangutan stakan ichidagi sharchaning yo`qligini sezib, biroz dovdiraydi. Keyin esa erga yotib olib kula boshlaydi.
Hayvonlarning kulguli ko`rinishi aks etgan videoroliklar bir necha marotaba “xit” bo`lgan. Masalan, noyabr oyida ham gorilla ishtirokidagi videorolik bir kunda million martadan ko`proq tomosha qilingan edi.