Massachusets shifoxonasi olimlari COVID-19 bemorlarida ayrim sitokinlar yuqori darajada bo`lishi ularda koronavirusga nisbatan barqaror immunitet rivojlanishiga to`sqinlik qiladi, degan xulosaga kelishdi.
Koronavirusdan vafot etganlarning taloq va limfa tugunlarini o`rgangan mutaxassislar ularda immunitetni shakllantiruvchi germinativ markazlar mavjud emasligini aniqlashdi.
Odatda bu a`zolarda immun xotirada uzoq yashovchi, antitanachalar ishlab chiqaruvchi V-hujayralar etiladi. V-hujayralar organizmga patogenni tez va samarali aniqlash, kasallik qaytalanganda unga tezroq hujum qilish imkonini beradi.
Germinativ markazlar shakllanishida yordamchi T-hujayralar muhim rol o`ynaydi. Ma`lum bo`lishicha, COVID-19 og`ir kechganida germinativ markazlar shakllanadigan joylarda juda ko`p miqdorda signal molekulalari — TNF sitokinlari ishlab chiqiladi.
Mutaxassislarga ko`ra, sog`ayib ketgan odamlar oradan bir necha oy o`tib koronavirusni yuqtirib olishlari mumkin — qayta va qayta.






