AsosiyJamiyat

9 oyda 1500 nafarga yaqin o`zbekistonliklar odam savdosi qurboniga aylandi

Rasmiy ma`lumotlarga ko`ra, 2015 yilning 9 oyida respublikamizda 1449 nafar shaxs odam savdosi bilan bog`liq jinoyatlardan jabrlangan. Bu haqda Din ishlari bo`yicha qo`mita axborot xizmati ma`lumotlariga tayangan holda “uz24.uz” xabar bermoqda.

Odam savdosi qurboni bo`lganlarning 1283 nafarini erkaklar, 166 nafarini ayollar va 28 nafarini esa voyaga etmaganlar tashkil etgan.
Xalqaro ekspertlarning baxolashicha, dunyo bo`yicha odam savdosidan tushadigan yillik daromad 7 milliard AQSh dollaridan oshmoqda.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining ma`lumotiga ko`ra, dunyoda xar yili taxminan 2 million 700 mingta shaxs odam savdosining qurboniga aylanmoqda.

Har yili 600 mingdan 800 minggacha ayollar va bolalar aldov yo`li bilan chet ellarga olib ketilib sotib yuborilmoqda.

    Boshqa yangiliklar