DXX matbuot xizmati taqdim etgan videolavhada Bobomurod Abdullaevning prezident Shavkat Mirziyoevga murojaati aks etgan.
Abdullaev murojaatida Bishkekdan Toshkentga olib kelinishi jarayonida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari unga insoniy munosabatda bo`lishganini ta`kidlaydi.
Uning so`zlariga ko`ra, Abdullaevning onasi O`zbekiston prezidentiga murojaat qilgan.
“Onam sizga taqdirimdan xavotir olib murojaat qilgan ekan. Shu onaizorning murojaatini erda qoldirmay ko`rib chiqibsiz. Sizdan Alloh rozi bo`lsin, kattadan-katta rahmat, hurmatli Shavkat Miromonovich”, deydi Bobomurod Abdullaev.
Abdullaev O`zbekiston prezidentining insonparvarlik yo`nalishida olib borayotgan siyosati albatta o`z mevasini berishiga ishonch bildirgan hamda onasining va o`zining murojaatini inobatga olgani uchun minnatdorlik bildirgan.
Natijada, O`zbekistonga ekstradisiya qilingan jurnalist Bobomurod Abdullaev munosib xulq-atvor qoidalariga rioya qilishi to`g`risidagi tilxatga asosan ozod qilindi. Bu haqda Milliy mass-mediani qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov ma`lum qildi.