Koronavirus ikkinchi to`lqinining oldini olish mumkin. Buning uchun tibbiyot xodimlari ixtiyorida barcha vositalar mavjud. Bu haqda Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti strategik tashabbuslar bo`yicha rais o`rinbosari Raneri Guerra ma`lum qildi. Bu haqda koronavirus info kanalida xabar qilinmoqda.
Guerraning fikricha, o`quv yili boshlangandan so`ng yangi kasallanishlar soni ko`payishi muqarrar. Chunki o`quvchilar orasidagi jismoniy aloqalarni bartaraf etishning iloji bo`lmaydi.
JSST vakili shu paytgacha bolalarning koronavirusni yuqtirish darajasi to`liq o`rganilmaganini ta`kidladi. Misol uchun, 10-11 yoshgacha bo`lgan bolalar atrofdagilarga kasallikni kamroq yuqtiradi, 12 yoshdan so`ng o`smirlarda infeksiyani yuqtirish qobiliyati ortadi, degan nazariya mavjud.






