2015 yilning 12 dekabridan e`tiboran “GM Uzbekistan”ga qarashli dillerlik korxonalari va omborlaridagi tayyor mahsulotlarning inventarizasiya qilinishi munosabati bilan avtomobillar sotuvi vaqtincha to`xtatildi. Bu haqda Facebook ijtimoiy tarmog`idagi “Voditeli Tashkenta” guruhi xabar berdi.
Vaqtincha tanaffus “GM Uzbekistan”ning 11 dekabr kuni 525-7981 sonli ko`rsatmasiga asosan amalga oshiriladi.
Avtomobillar savdosi Kompaniyaning maxsus ko`rsatmasi berilmagunga qadar amalga oshirilmaydi.






