Rossiya Belarusda qamal qilingan Aleksandr Lukashenkoning rejimini ochiqchasiga qo`llab-quvvatlashda davom etayotgan bir paytda, Prezident Vladimir Putinning doirasi uning ketishi uchun ssenariylar hisobini ko`rib chiqishmoqda. Bu haqda tarjumon.uz xabar berdi.
65 yoshli sobiq sovxoz direktori 80 foizdan ortiq ovoz bilan o`zini g`olib deb e`lon qilgach, Kremldagilarning fikriga ko`ra, 9 avgustdagi saylovlardan keyin, Lukashenko norozilik namoyishlaridan omon qololmaydi, deya xabar beradi Putinning yaqin sheriklari pozisiyasi bilan tanish bo`lgan Bloomberg agentligining ikki manbasi.
Ularning so`zlariga ko`ra, Moskva Lukashenko muxoliflari bilan muloqotni boshlasa, ko`proq narsaga erishishi mumkinligini istisno qilayotgani yo`q. Vaziyatga to`g`ridan-to`g`ri aralashish esa respublikada ijtimoiy portlashni keltirib chiqarishi mumkin ekan.
Rossiya Lukashenkoni hokimiyat tepasida ushlab turishdan manfaatdor emas, lekin uning qulashiga hissa qo`shmoqchi ham emas, deya xabar bermoqda Bloomberg agentligiga Kremldagi muzokaralar jarayoni bilan tanishgan amaldorlarda biri. Hatto Lukashenko qarshilik ko`rsatib, o`z o`rnida qolgan taqdirda ham, u Moskva bilan shartnoma tuzishi zarur bo`lgan sherik sifatidagi ishonchni yo`qotdi va «toksik aktiv» sifatida ko`rilmoqda, deydi agentlikning boshqa manbasi.
Bloomberg ma`lumotlariga ko`ra, Putinning hokimiyatda qolish muddatini uzaytirishning bir usuli sifatida ko`rilgan bir paytda, Lukashenko o`tgan yili Rossiya bilan chuqur integrasiyadan voz kechgan (va Kremldagilar rejasini chippakka chiqargan). Ammo 26 yil davomida eng yomon siyosiy inqirozga duch kelgan Lukashenko, Moskvadan yana yordam so`rab murojaat qilgan.
Biroq, Kreml Lukashenko rejimini harbiy jihatdan qo`llab-quvvatlashni istamaydi, chunki bunday qadam Belarus aholisini Rossiyaga qarshi turishiga sabab bo`lishi mumkin, deydi Bloomberg manbalari.
Ularning so`zlariga ko`ra, Belorussiya muxolifatining Ukraina yo`lidan borish va Evropa Ittifoqi bilan yaqinlashish yo`lidagi urinishlari Putin uchun maqbul bo`lmagan yo`ldir. Boshqa tomondan, Moskva Lukashenkoning ketishi mumkinligini salbiy deb hisoblamasa ham, Kreml Belarus muxolifati to`g`risida juda kam ma`lumotga ega, deya xabar beradi agentlik manbalari.
Saylovlar arafasida Lukashenko Rossiyani, “Vagner” XXK jangchilari bo`lgan 33 nafar Rossiya fuqarolarini qo`lga olish bilan provokasiyalar tayyorlaganlikda aybladi. Ammo minglab odamlar noroziligi va G`arb sanksiyalari tahdidiga duch kelganida, u «poyabzalni havoda almashtirdi» va o`sha zahoti muxolifatning Rossiya-Belorusiya ittifoqini sindirish rejasi borligini e`lon qildi va bu mamlakat iqtisodiyotini YaIMning o`nlab foizidan mahrum qilishini aytdi.
Belarus muxolifati esa ushbu rejalarni rad etmoqda va Moskva bilan muzokaralar olib borishga tayyorligini e`lon qildi. «Men o`z xalqi nafratlanadigan zaif diktatorni Rossiya tomonidan qo`llab-quvvatlanishi uchun hech qanday sabab ko`rmayapman», dedi payshanba kuni saylovlar arafasida hibsga olingan Viktor Babariko shtab-kvartirasi rahbari Mariya Kolesnikova.
«Lukashenko doimo Rossiya bilan munosabatlarni o`rnatishda qiynalib kelgan. Bizning vazifamiz muloqotga erishishdir ”dedi u.
Rossiya Armanistonda hokimiyat tepasiga kelgan muxolifat bilan yaxshi munosabatlarni o`rnatdi. Bu mamlakat postsovet hududidagi yana bir muhim ittifoqchi davlat, Belorussiya kabi, u ham EOII va KXShT harbiy blokining a`zosi, deydi “Peterburgskaya politika” jamg`armasi prezidenti Mixail Vinogradov.
Lukashenko bu namoyishlarga bardosh berolmasligini agar Rossiya anglab etsa, undan voz kechadi, deydi u: «Belorussiya bilan munosabatlarda status-kvo hatto Lukashenkosiz ham saqlanib qolinishi mumkin».






