Anadolu axborot agentligining 25 avgustda bergan ma`lumotlariga ko`ra, Istanbul polisiyasi IShID jangarisi deb gumon qilingan shaxsni hibsga oldi. Bu shaxs Istanbulda “hayratlanarli” hujumga tayyorgalik ko`rayotgan bo`lgan. Bu haqda tarjumon.uz xabar berdi.
Anadoluning xabar berishicha, H.S. ismli jangari Istanbulning Kuchukchekmeke tumanidagi mehmonxonada olib borilgan reydda qo`lga olingan. Uning xonasidan miltiq, o`qdonlar va snaryadlar topilgan. Ushbu shaxs Istanbulning Taksim maydoni va uning atrofidagi hududda hujum uyushtirishni rejalashtirib yurgan. U Suriyadan Turkiyaga noqonuniy yo`llar bilan kirgan va Istanbulgacha etib kelgan.
Bu shu oydagi Turkiya polisiyasi IShID jangarilarining ehtimoliy hujumini to`xtatib qolgan ikkinchi holatdir. Ikki hafta oldin ham Bursa viloyatida polisiya mahkamasiga hujum uyushtirishni maqsad qilgan IShID jangarisi qo`lga olingandi.
Turkiya so`nggi besh yildan beri IShID jangarilarining bir qator hujumlaridan aziyat chekib kelmqoda. Ularning biri 2017 yilning 1 yanvarida Istanbuldagi tungi klubda sodir etilgan bo`lib, unda 39 kishi halok bo`lgandi.






