AsosiyJinoyat

To`raqo`rg`onda mast ulfatlar bir birini bolg`a bilan jarohatladi

'To`raqo`rg`onda mast ulfatlar bir birini bolg`a bilan jarohatladi'ning rasmi

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar berishicha, 14 avgust kuni tungi soat 02:00 larda To`raqo`rg`on tumanida yashovchi fuqaro o`z uyida tanishi bilan spirtli ichimlik ichadi. Bir shisha alkogol mahsulotini tugatishgach, sherigi yana olib kelish uchun ko`chaga chiqib ketadi. Qaytib kelsa, uy egasi eshikni qulflab qo`ygan bo`ladi. 

Eshikdan kira olmagan mast fuqaro og`aynisining uyiga devordan oshib o`tadi. Buni ko`rgan uy egasi unga qaratib bolg`ani otganida bolg`a sherigining o`ng oyoq boldir sohasiga tekkan. Natijada jabrlanuvchi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko`ra uning olgan tan jarohati o`ng oyoq boldir suyagini ochiq sinishi ko`rinishida bo`lib, og`irlik darajasiga ko`ra, og`ir tan jarohati ekanligi ko`rsatilgan.

Ushbu holat bo`yicha tuman IIB huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

 

    Boshqa yangiliklar