AsosiyJamiyat

GM Uzbekistan avtomobillari sotuvi vaqtincha to`xtatildi. Narxlar oshadimi?

2015 yilning 12 dekabridan e`tiboran “GM Uzbekistan”ga qarashli dillerlik korxonalari va omborlaridagi tayyor mahsulotlarning inventarizasiya qilinishi munosabati bilan avtomobillar sotuvi vaqtincha to`xtatildi. Bu haqda Facebook ijtimoiy tarmog`idagi “Voditeli Tashkenta” guruhi xabar berdi.

Vaqtincha tanaffus “GM Uzbekistan”ning 11 dekabr kuni 525-7981 sonli ko`rsatmasiga asosan amalga oshiriladi.

Avtomobillar savdosi Kompaniyaning maxsus ko`rsatmasi berilmagunga qadar amalga oshirilmaydi.

Darvoqe, «SERGELI-AVTOTEXSERVIS» avtosaloni bilan bog`langanimizda, ular inventarizasiya sababli vaqtincha faoliyat to`xtatilganligi haqidagi xabarni tasdiqlashdi. Narxlar oshishi to`g`risidagi mish-mishlarga oydinlik kiritganimizda esa, ular 1-2 kunda aniq ma`lumot berilishini aytishdi.

    Boshqa yangiliklar