AsosiyShou-biznes

Nahotki konsert tugab qoldi…

12-13 dekabr kunlari Turkiston san`at saroyida Shuhrat Daryoning “Baxt kulib” deb nomlangan jonli ijrodagi konsert dasturi bo`lib o`tdi.

Endi dastur haqida batafsil to`xtalmoqchimiz.

Qish fasli bo`lgani sababli havo biroz sovuq bo`ldi, ammo muxlislar dasturning fayzli va boshqa dasturlardan butunlay o`zgacha o`tishini bilgandek saroy oldida dastur boshlanishidan kamida 2 soat vaqtliroq to`planishdi.

Dasturda qiziqchilar, boshlovchi, ortiqcha  tabriklar, sun`iylikka qurilgan va barchani joniga tegib ulgurgan “qarsak so`rab olish” ham bo`lmadi. Shuhrat Daryo o`ta madaniyatlilik bilan dasturni shunday olib bordiki, natijada bugungi “ochiq kulgular” bilan barchani ensasini qotiradigan qiziqchilarga ham xojat qolmadi. Xonandaning har bir qo`shig`i boshlanishida va tugallanishida muxlislar ham jonli qarsaklarni ayashmadi. Xonanda esa bundan kuch olib ovoziga ovoz qo`shildi chog`i ikki soat mobaynida umuman sahnani tark etmasdan kuyladi. Shuhrat Daryo ta`kidlab o`tganidek kecha haqiqiy “qo`shiq bayrami” bo`ldi desak yanglishmaymiz.

Ikki oy mobaynida “Stereo” sozandalar guruhi bilan qilingan mehnat to`liq o`zini oqladi. Har bir qo`shiq uzoq  davomiy qarsaklar bilan kutib olingani, qo`shiq tugashi bilan ham xuddi shu davomiy qarsaklar tugamaganidan xonanda ham xursandchiligi va minnatdorchiligini yashirolmadi.

Dastur so`nggida Shuhrat Daryo  “men bu so`zni aytishni yomon ko`raman-u, ammo aytishga majburman hozircha hayr, konsert dasturimiz o`z nihoyasiga etdi” degan so`zi muxlislarni hayratda qoldirdi. Chunki muxlislar dasturda ortda qolgan ikki soatdan oshiqroq vaqt qanday o`tib ketganini bilmay qolishdi.

Bo`larkan-u, ortiqcha dabdabasiz, libos almashtirmay, sahnada muxlislarni ko`zini qamashtirmaydigan nurlarsiz ham ajoyib konsert dasturi namoyish qilsa.

 

    Boshqa yangiliklar