AsosiyJAMIYAT

Buxoro viloyatiga yangi hokim tayinlandi

Farhod Umarov Buxoro viloyati hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandiBu haq...

'Buxoro viloyatiga yangi hokim tayinlandi'ning rasmi

Farhod Umarov Buxoro viloyati hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi

Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati ma`lum qildi.

Bugun, 28 avgust kuni Buxoro viloyati hokimligi majlislar zalida faollar yig`ilishi bo`lib o`tdi.

Ayni paytda Buxoro viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag`alchilikni qisqartirish masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari lavozimida faoliyat olib borayotgan Farhod Umarov Buxoro viloyati hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlanganligi to`g`risidagi Prezident Farmoni o`qib eshittirildi.

Eslatib o`tamiz, 22 avgust kuni Buxoro viloyati sobiq hokimi Karim Kamolov 65 yoshida koronavirus xastaligi sabab olamdan o`tdi.

Sal avval, Buxoro viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha o`rinbosari Mirali Hamroevning Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlanganligi haqidagi xabarlar rad etilgan edi.

    Boshqa yangiliklar