AsosiyJamiyat

GM Uzbekistan avtomobillarning narxlari oshganini tasdiqladi (rasmiy ma`lumot)

Bugun internet tarmoqlarida GM Uzbekistan tomonidan O`zbekistonda ishlab chiqariladigan avtomobillar narxi oshishi haqidagi xabarlar tarqalib ketdi.

Mazkur masalaga oydinlik kiritish maqsadida kun davomida kompaniya bilan bog`lanishga urundik, vanihoyat kompaniyaning "Ishonch telefoni" bilan bog`landik. Quyida ushbu suxbatdan yozib olingan kichik intervyuni o`qishingiz mumkin.

- Narxlar oshishi haqidagi xabar rostmi?

- Darhaqiqat, narxlar oshdi.

- Qanchaga?

- Hamma avtomobillarniki har xil, qaysidiriniki tushgan qaysinikidir oshgan.

- Ayrim avtomobillarning to`lovi dollarga o`tkazilgani rostmi?

- Spark, Kobalt, Lasetti, Orlando hamda Malibu avtomobillarining 1-2 pozisiyasiga to`lov horijiy valyutaga o`tkazilgan.

- Arzonlashgani qaysilar?

- Uch silindirli Matiz 08 hajmli avtoulov, Neksiya 1,5 Sonc narxi arzonlashgan. Ushbu avtoulovlar avval ham horijiy valyutada edi va hozir ham ushbu valyutada qoldi.

- Narxlar 30 foizgacha oshirilgani rostmi?

- Tahminan shunaqa. Bizda narxlar keltirilgan ammo, foizi ko`rsatilmagan. Narxlarni praysi bilan avtosalonlarda to`liq tanishishingiz mumkin.

- Avtosalonlarda savdo qachondan yo`lga qo`yildi?

- Bugun tugashi kerak. Ertadan avtosalonlar ish boshlaydi. 2016 yil uchun avtomobillar miqdori ham belgilandi.

- Avval to`lov qilib qo`yganlarga narx oshgani ta`sir qiladimi?

- Shartnoma bo`yicha muddatlari o`tib ketmagan bo`lsa ularga ham ta`sir qiladi. Agar muddati o`tgan bo`lsa ularning ishlari yakka tartibda rahbariyat tomonidan ko`rib chiqiladi.

 

 

    Boshqa yangiliklar