Afg`onistonning sharqiy 12ta viloyatida kelib chiqqan suv toshqinlari oibatida 122 kishi halok bo`ldi. Bu haqda Uzreport yozmoqda.
147 kishi jarohatlandi, shuningdek bedarak yo`qolganlar ham bor, deya xabar berdi davlat tabiiy ofatlarga qarshi kurash va insonparvarlik masalalari bo`yicha vazirlik.
Eng ko`p talofat ko`rgan hudud Parvan provinsiyasi bo`ldi. Bu erda 85 kishi vafot etdi, 110 kishi jaroxatlandi.
Suv toshqinlari to`xtagach yo`llar qalin loy bilan qoplandi. Mahalliy axoli ko`chalarni loydan tozalashga harakat qilmoqda.
Tabiiy ofatlarga qarshi Davlat vazirligining statistikasiga ko`ra, halokatli suv toshqinlari 1,500 ta uyni va 1100 gektar qishloq xo`jaligi erlarini vayron qilgan.






