Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan B.S. va O`.G`.lar qo`lga olinib, Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Departamentning Uychi tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar B.S. va O`.G`.lar oldindan til biriktirib, firibgarlik yo`li bilan daromad orttirish maqsadida fuqaro B.S.ning ishonchiga kirib, unga tumandagi “Pastguzar” MFY hududida joylashgan mevali bog` eridan 0.30 ga bo`sh turgan er maydonini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali hujjatlashtirib olib berish evaziga 445 mln. so`m talab qilishib, shundan, 7 500 AQSh dollari va 25 mln. so`mni olayotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan B.S. va O`.G`.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.