AsosiyJamiyat

Euronews telekanalida Termiz haqida ko`rsatuv namoyish etildi

Kuni kecha Euronews telekanali orqali “Uzbekistan Life” ko`rsatuvi doirasida “Termizning buddaviylik dini qoldirgan merosi” (The Buddist legacy of Termez”) nomli navbatdagi reportaji namoyish etildi, deb xabar beradi “Qalampir.uz”.

Reportajda Termizdan topilgan boy tarixiy topilmalar, jumladan, haykaltaroshlik asarlari, keramikaga oid namunalar, qoyatosh rasmlari qoldiqlari va qimmatbaho toshlarning Termiz Arxeologiya muzeyida saqlanayotganligi haqida aytib o`tilgan.  
Ta`kidlash lozimki, Euronews so`nggi paytlarda Markaziy Osiyoning tarixini yoritish uchun o`z dasturlarida alohida o`rin ajratib kelmoqda.  Jumladan, bundan avval telekanal orqali Samarqand va Buxoro shaharlari haqidagi reportajlar efirga uzatilgan edi.   

    Boshqa yangiliklar