O`zbek Milliy Akademik drama teatri direktori, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist, taniqli kino va teatr aktyori Fathulla Ma`sudov og`ir hastalikdan keyin bu yorug` olamni tark etdi. Bu haqda O`zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi ma`lum qildi.
Fatxulla Masʼudov 1963 yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. 2015 yildan buyon Oʼzbek Milliy akademik drama teatri direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi. 1999 yili “Shuhrat” medaliga sazovor boʼlgan. 2003 yili “Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan artist” unvoni bilan taqdirlangan. 2014 yili “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukfotlangan.
"Darakchi" sayti jamoasi marhumning oila a`zolari, yaqinlari hamda muhlislariga chuqur hamdardlik bildiradi. Oxiratlari obod bo`lsin!