AsosiyDunyo

Koreyaning Inchon, Seul va Kyongido provinsiyalarida karantin choralarini kuchaytirildi

'Koreyaning Inchon, Seul va Kyongido provinsiyalarida karantin choralarini kuchaytirildi'ning rasmi

29 avgust kuni Koreya Respublikasi Hukumati Inchon, Seul va Kyongido provinsiyalarida karantin choralarini kuchaytirishi to`g`risidagi qarorni e`lon qildi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar bermoqda. 

Shu yilning 30 avgustidan 6 sentabriga qadar barcha ijtimoiy distansiya rejimiga o`tiladi, bu mavjud bo`lgan 3-darajadan 2,5 darajaga tengdir.

Ta`kidlash joizki, Janubiy Koreyada 3-darajaga o`tish, bu iqtisodiyotga katta zarar olib kelishi mumkin, shuning uchun bu masala har tomonlama ko`rib chiqilmoqda.

Barcha jamoat ovqatlanish joylari soat 21:00 gacha ishlaydi, 21:00 dan 5:00 gacha esa faqat oziq-ovqat etkazib berish xizmati yoki do`konlardan sotib olish amalga oshiriladi.

Ko`chaga maskasiz chiqmasligingizni eslatib o`tamiz.

    Boshqa yangiliklar