AsosiyDunyo

Tayvanda o`tkazilgan festivalda varrak 3 yashar qizchani osmonga olib chiqib ketdi

'Tayvanda o`tkazilgan festivalda varrak 3 yashar qizchani osmonga olib  chiqib ketdi'ning rasmi

Tayvanning shimoli-g`arbidagi Sinchu shahrida bo`lib o`tgan festival paytida uch yashar qizcha varrak uchirish marsomidan mo``jizaviy tarzda omon qoldi, deb xabar berdi Euronews.

Ota-onalar farzandlari qanday qilib varrak ipini ushlab olganini payqamay qolishgan. Varrak qizchani osmonga 10 metr balandlikka ko`tardi. Bir necha soniya davomida bola shokka tushgan olomon oldida osmonda chayqalib, keyin erga yiqilib tushdi.

Ota-onasining so`zlariga ko`ra, qiz shokdan omon qolgan, ammo jismoniy zarar ko`rmagan.

Hodisa tufayli "Shamollar shahri" nomi bilan tanilgan Sinchju  festivali to`xtatildi.

    Boshqa yangiliklar