1

Shavkat Mirziyoev: "Juda ko`p ishlarimiz to`siqlarga duch kelmoqda. Hali ko`p rahbarlar bunaqa ochiqlikka tayyor emas"

Siyosat 31.08.2020, 19:22
Shavkat Mirziyoev: "Juda ko`p ishlarimiz to`siqlarga duch kelmoqda. Hali ko`p rahbarlar bunaqa ochiqlikka tayyor emas"

Avval xabar qilinganidek, Ko`ksaroy qarorgohida mustaqilligimizning 29 yilligi bayramiga bag`ishlangan tantanali tadbiri bo`lib o`tdi. Unda Prezident joylardagi ayrim rahbarlarning ochiq va shaffof faoliyatga tayyor emasligini tanqid qildi.

Bizga bitta narsa kerak: rahbarlarning oyog`i uzilmasdan, boshlagan ishlarimizni halol-poklik bilan davom ettirsak kam bo`lmaymiz.  

Ko`p illatlarni unutishimiz kerak. Qiyin bo`layapti. Hokimlarimizga xalqning ichiga kir, xalqning oldiga bor, odamning dardini eshit, mana shu eshitgan dardini, qo`lingdan kelmasa, yaxshi gap bilan, qo`lingdan kelsa, ish bilan amalda ko`rsat, deb juda ko`p harakat qilayapmiz.  

Lekin besh qo`l baravar emas. Juda ko`p-ko`p ishlarimiz to`siqlarga, joylardagi noinsofchiliklarga duch kelmoqda. Hali ko`p ijro organlari rahbarlari bunaqa ochiqlikka tayyor emas. Bu ochiq O`zbekiston.  

Virus yonimizda yuribdi. Mana, Milliy teatrimizning rahbari vafot etdi. Rosa harakat qildik, ming afsus, asrab qololmadik. Shu voqealardan keyin ko`zimga hech uyqu kelmadi. O`zimizga ko`p narsa bog`liq. Ehtiyot bo`lib, shifokorlar aytganini qilaylik.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1