O`zbekistonda madaniy-ommaviy tadbirlar, xalq sayllari, konsert-tomoshalarida xavfsizlik talablariga amal qilish nazorati kuchaytiriladi.
Bunday choralar hukumatning tegishli Qarori bilan belgilab berildi.
Qoraqalpog`iston Vazirlar Kengashi, viloyat va shahar hokimliklarga ommaviy tadbirlar o`tkazish ustidan nazorat komissiyasi faoliyatini ko`rib chiqish ishlari hamda uning a`zolari shaxsiy javobgarligini oshirish bo`yicha choralar ko`rish belgalandi.
Yangi talablarga ko`ra ommaviy tadbirlar o`tkaziladigan ob`ektlar texnik ko`rik va inventarizasiyasi doimiy ravishda amalga oshirilishi kerak.





