AsosiyMadaniyat

O`zbek milliy musiqa san`ati institutiga o`tkaziladigan ta`lim yo`nalishlari ro`yxati tasdiqlandi

'O`zbek milliy musiqa san`ati institutiga o`tkaziladigan ta`lim yo`nalishlari ro`yxati tasdiqlandi'ning rasmi

“Yunus Rajabiy nomidagi O`zbek milliy musiqa san`ati instituti faoliyatini tashkil etish to`g`risida”gi Hukumat qarori (536-son, 02.09.2020 y.) qabul qilindi. Bu haqda Huquqiy axborot kanali ma`lum qildi.

Qaror bilan Yunus Rajabiy nomidagi O`zbek milliy musiqa san`ati institutiga (Institut) O`zbekiston davlat konservatoriyasi hamda O`zbekiston davlat san`at va madaniyat institutidan o`tkaziladigan ta`lim yo`nalishlari (mutaxassisliklar) ro`yxati tasdiqlandi.

Institut maqom ijrochiligi, baxshichilik va katta ashula yo`nalishlari bo`yicha kadrlar tayyorlovchi tayanch oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi.

Institutda o`quv jarayoni 2020/2021 o`quv yilidan boshlanadi.  

Shunga ko`ra, 2020/2021 o`quv yilida O`zbekiston davlat konservatoriyasi hamda O`zbekiston davlat san`at va madaniyat institutiga tegishli yo`nalishlar bo`yicha o`qishga qabul qilingan, shuningdek, ushbu yo`nalishlarda tahsil olayotgan talabalar o`qishlarini Institutda davom ettiradi.

2021/2022 o`quv yilidan boshlab Institutda maxsus sirtqi ta`lim tashkil etiladi hamda unga madaniyat va san`at ta`lim yo`nalishi bo`yicha o`rta maxsus, kasb-hunar ma`lumotiga va ta`lim yo`nalishiga muvofiq soha, kasb, lavozimlarda kamida 3 yillik amaliy ish stajiga (pedagogika yo`nalishlari uchun pedagogik stajga) ega bo`lgan, Madaniyat vazirligi tomonidan berilgan tavsiyanomaga ega, test sinovlari (kirish imtihonlari va kasbiy suhbat)dan muvaffaqiyatli o`tgan abiturientlar qabul qilinadi.

2021 yildan boshlab respublikadagi bolalar musiqa va san`at maktablari, ixtisoslashtirilgan san`at va madaniyat maktablari, maktab-internatlar hamda madaniyat, musiqa va san`at kollejlariga Institutning etakchi professor-o`qituvchilarni biriktirish orqali “mahorat maktablari” yo`lga qo`yiladi.

 Eslatib o`tamiz, Institut Prezidentning PF–6000-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan.

    Boshqa yangiliklar