AsosiyDunyo

Dunyodagi eng boy insonning sobiq rafiqasi eng boy ayolga aylandi

'Dunyodagi eng boy insonning sobiq rafiqasi eng boy ayolga aylandi'ning rasmi

Amazon kompaniyasi rahbari Jeff Bezosning sobiq rafiqasi Makkenzie Skottning boyligi $68 milliard dollarga etdi va u dunyodagi eng boy ayolga aylandi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar beradi deb yozmoqda Uzreport. 

Makkenzi turmush o`rtog`i etakchi bo`lgan milliarderlarning umumiy reytingida 12-o`rindan joy oldi.

Bloomberg agentligi o`tgan yilning yanvar oyida Makkenzining Bezos bilan bilan ajrashganidan so`ng dunyodagi eng boy ayol bo`lishi mumkinligini haqida xabar qilgan edi.

1980-yillarda Jeff Bezos va Makkenzi Skott bir vaqtning o`zida Prinston universitetida ta`lim olishgan, 1992 yilda esa Nyu-Yorkdagi investisiya fondida ishlab yurganlarida tanishishgan. 1993 yilda juftlik turmush qurib, bir yildan so`ng Sietlga ko`chib o`tishgan. U erda Jeff Bezos onlayn-savdoga ixtisoslashgan Amazon.com kompaniyasiga asos solgan.

    Boshqa yangiliklar