Germaniyada polisiya 27 yoshli ayolni o`zining besh nafar farzandini o`ldirganlikda gumon qilmoqda. Ayol esa o`z joniga qasd qilishga urungan. Bu haqda Uzreport yozmoqda.
Payshanba kuni tushdan keyin Zolingendagi ko`p qavatli uydagi xonadonlardan birida bir yarim yoshdan sakkiz yoshgacha bo`lgan besh nafar bolaning jasadi topilgan. Polisiyaga qurbonlarning buvisi qo`ng`iroq qilgan. Hozirda qasddan qilingan qotillik ishi bo`yicha tergov olib borilmoqda, dedi katta inspektor Stefan Vayand.
"Mahalliy vaqt bilan biz soat 13:45 da uydagi besh nafar o`lik bola haqida ma`lumot oldik. Afsuski, bu ma`lumotlar tasdiqlangan. Biz bu qotillika bolalarning onasi qo`l urgan degan shubxadamiz. U Dyusseldorfdagi poezd yo`liga o`zini tashlagan va jiddiy jaroxat olgan. Ayol hozir kasalxonada”.
Taxminlarga ko`ra gumonlanuvchi, ehtimol, bolalarga dorilar bergan bo`lishi, va buning barchasi uning 11 yoshli katta o`g`lining ko`zi oldida sodir bo`lgan bo`lishi mumkin.
Ayolning to`ng`ich farzandini yaqinlari o`z qaramog`iga olgan. Uning axvoli qoniqarli ekani aytildi. Jinoyat sabablari aniqlanganicha yo`q.






