AsosiyDunyo

Yaponiyada bortida 42 nafar dengizchisi bo`lgan yuk kemasi halokatga uchradi

'Yaponiyada bortida 42 nafar dengizchisi bo`lgan yuk kemasi halokatga uchradi'ning rasmi

Bortida 42 nafar dengizchisi bo`lgan yuk kemasi Yaponiya sohillari yaqinida halokatga uchradi. Bu haqda O`z A "REGNUM” saytiga  tayanib xabar bermoqda. 

Hozirgi paytda kemaning butun ekipajidan bir kishining qutqarib qolingani haqida ma`lumot mavjud.

Omon qolgan dengizchi kemaning dvigatelida noqisliklar kuzatilgani, keyin esa qudratli to`lqin kemani ag`darib yuborganini aytgan. Yaponiyalik qutqaruvchilar qidiruv-qutqaruv ishlariga kirishib ketgan.

Ma`lum bo`lishicha, kema bortida 38 nafar Filippin fuqarosi, ikkitadan avstraliyalik va yangi zellandiyalik bo`lgan.

Qidiruv-qutqaruv ishlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar