1

O`zbekistonda bir nafar bola “Kavasaki sindromi”ga gumon qilindi

Jamiyat 04.09.2020, 19:41
O`zbekistonda bir nafar bola “Kavasaki sindromi”ga gumon qilindi

SSV huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Sevara Ubaydullaevaning bolalarda uchraydigan "Kavasaki" sindromi haqida tushuncha berib o`tgan edi.  

Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Barno Abdusamatova bo`lib o`tgan brifingda "O`zbekistonda ham bolalar "Kavasaki" sindromiga chalingan holatlar kuzatildimi" deyilgan savolga javob berdi:  

Savol. Evropa, Amerika va boshqa rivojlangan davlatlarda koronavirusga chalingan bolalarda kuzatilgan Kavasaki sindromi O`zbekistonda ham kuzatildimi?

–Hozirda Evropa davlatlarida va boshqa ayrim mamlakatlarda yosh bolalarda "Kavasaki" sindromi kuzatilmoqda. Bu sindrom tizimli yallig`lanish bilan bog`liq bo`lib, koronavirus infeksiyasiga chalinish asorati deb taxmin qilinmoqda. Shu munosabat bilan JSST butun dunyo davlatlaridagi, shu jumladan o`zbekistonlik  shifokorlarga bolalardagi "Kavasaki" sindromiga e`tiborli bo`lish haqida ko`rsatma bergan.

Bizning respublikamizda hozirgacha bunday sindromga uchragan bolalar kuzatilmadi. Ammo bir holatda "Kavasaki" sindromiga o`xshash alomatlar uchradi, lekin kuzatuvlarda bu taxmin inkor etildi. Shunday bo`lsa ham barcha ota-onalardan o`z farzandlarining salomatliliga va ulardagi har bir alomatga e`tiborli bo`lishlarini so`rayb qolamiz, – dedi mutaxassis.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1