AsosiyJinoyat

Samarqandda kam ta`minlanganlarga uy olib beraman deb, ularning pullarini o`zlashtirgan firibgar ushlandi

'Samarqandda kam ta`minlanganlarga uy olib beraman deb, ularning pullarini o`zlashtirgan firibgar ushlandi'ning rasmi

Samarqand viloyatida bir qator yurtdoshlarimizning ishonchiga kirib, uy olib berishni va`da qilgan va ularning ko`p miqdordagi pullarini firibgarlik yo`li bilan olib, bermay kelgan shaxs ushlandi. 

Bu Jomboy tumanida yashovchi 29 yoshli S.M. ismli fuqaro bo`lib, Samarqand shahar hokimligi tomonidan kam ta`minlangan oilalarga Samarqand shahar “Obod maskan” mahallasi Korasuv maskanida qurilayotgan ko`p qavatli uylardan berayotganligini aytib, odamlarga uy olishda yordam berishini aytgan. U hatto o`zining tanishi 45 yoshli Sh.M.,ga ham ushbu uylardan 5 ta uyni kredit shartlari asosida arzon narxda olib berishini va`da qilib, 2018 yilning dekabr oyidan 2020 yilning mart oyiga qadar bo`lgan vaqt oralig`ida bo`lib-bo`lib jami 16.400 AQSh dollarini olgan. Shu bo`yi hozirgi kunga qadar hech qanday uy olib bermasdan pullarni o`zining ehtiyojlariga sarflab yuborganligi aniqlandi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Mazkur holat tasdig`ini topgach Samarqand shahri bo`yicha IIO FMB xuzuridagi Tergov bo`limi tomonidan 29 yoshli S.M.,ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. 

Departamentning xabar berishicha hozirda bu firibgarlik ishi yuzasidan boshlangan tergov harakatlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar