1

Qibrayda 70 yoshli chol dala hovlisida kannabis etishtirgan, uyida marixuana saqlagan. "Bukrini go`r tuzatadi", deb shunga aytishsa kerak

Jinoyat 06.09.2020, 13:43
Qibrayda 70 yoshli chol dala hovlisida kannabis etishtirgan,  uyida marixuana saqlagan. "Bukrini go`r tuzatadi", deb shunga aytishsa kerak

Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan 2020 yil 19 avgust kuni Qibray tumanida o`tkazilgan «Qoradori-2020» tadbiri davomida, dala hovlisida ko`p miqdorda kannabis o`simligi etishtirib, uyida marixuana saqlab kelayotgan shaxs ashyoviy dalillar bilan qo`lga olingan. Bu Bu haqda IIBB Axborot xizmati ma`lum qilgan.

2011 yil­ – taqiqlangan ekinlar, ya`ni, giyohvandlik moddalari etishtirish va o`tkazish bilan shug`ullangani uchun 11 yilga ozodlikdan mahrum qilinib, bugungi kunda ozodlikda bo`lgan 70 yoshli nafaqaxo`r B.D.dala hovlisidagi issiqxonasida jami 26 tup kannabis (tarkibida giyohvand moddasi bo`lgan) o`simligini parvarish qilib kelayotganligi aniqlangan.

Shuningdek, uning xonadonida 6 kg marixuana giyohvandlik moddasi saqlanayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan ushlangan shaxsga nisbatan Qibray tumani IIB Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi hamda 276 moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1