1

Rossiyada koronavirusga qarshi vaksina tez tayyorlanishining sababi aytildi

Dunyo 07.09.2020, 11:30
Rossiyada koronavirusga qarshi vaksina tez tayyorlanishining sababi aytildi

G`arb davlatlari rus vaksinasining samarali ekaniga ishonmadi. Rossiyada koronavirus vaksinasining boshqalardan tez tayyor bo`lishining boshqa sababi aytildi.

N.F.Gamaley nomidagi epidemiologiya va mikrobiologiya milliy ilmiy tadqiqot markazi direktori, akademik Aleksandr Ginsburgning so`zlariga ko`ra, Rossiyada koronavirusga qarshi vaksinani tayyorlash COVID-19 pandemiyasi boshlanishidan avval boshlangan. Bu haqda u “Izvestiya” nashriga bergan intervyusida ma`lum qildi.

“Biz o`lim darajasi hozirgi koronavirusdan ancha yuqori, taxminan 40 foiz bo`lgan boshqa koronavirus – MERS`ga qarshi vaksina yaratish topshirig`ini oldik. Bu ishni ikkinchi klinik sinov yakuniga qadar etkazdik. 220 nafar ko`ngilli bu vaksinani olishdi. U o`zining xavfsizligi va yuqori immunitet chiqarishini ko`rsatdi. Shu vaqtda COVID-19 pandemiyasi boshlandi. Shuning uchun MERS vaksinasi ustida ishlagan xodimlar COVID-19 ga qarshi vaksina tayyorlash uchun jalb qilindi”, degan olim.

Ma`lumot uchun, Rossiyada tayyorlangan vaksina “Sputnik V” deb nomlangan. U ro`yxatdan o`tkazilishi bilan 20 davlatdan 1 milliard doza uchun buyurtma tushgan. Rossiya bu vaksinalar birinchi navbatda ittifoqchi davlat Belarusga etkazib berilishini ma`lum qildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1