1

Koronavirusdan vafot etganlarning aksariyati 40-70 yoshda

Salomatlik 07.09.2020, 11:44
Koronavirusdan vafot etganlarning aksariyati 40-70 yoshda

Sog`liqni saqlash vazirligi bergan ma`lumotga ko`ra, 6 sentyabr holatiga ko`ra, “COVID-19” infeksiyasidan vafot etgan 345 nafar bemorning 132 nafarini ayollar, 213 nafarini erkaklar tashkil etgan. O`limning yosh toifasiga ko`ra, 6 nafar bemor 30 yoshgacha, 26 nafar 30-40 yosh oralig`ida, 45 nafar 40-50 yosh oralig`ida, 99 nafar 50-60 yosh oralig`ida, 106 nafar 60-70 yosh, 63 nafar 70 yoshdan katta bemorlar tashkil etgan.

O`lim sababiga ko`ra, vafot etganlarning 264 nafarida o`tkir yurak qon-tomir, nafas etishmovchiligi, 10 nafarida o`tkir respirator distress sindrom, 8 nafarida tromboemboliya, 4 nafarida o`tkir miokard infarkti va boshqalar qayd etilgan.

“COVID-19” infeksiyasidan vafot etgan bemorlarda kasallikning kechishi tahlil qilinganda, aksariyat bemorlarda giperkoagulyasiya – organizmdagi barcha tomirlarda qonning quyulib ketishi kuzatilib, uning asorati bemor a`zolarida tromboz, infarkt, insult kabi asoratlarga olib kelgan. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1