1

Toshkentda sifati kafolatlanmagan dorilar aniqlandi

Jinoyat 07.09.2020, 12:44
Toshkentda sifati kafolatlanmagan dorilar aniqlandi

Sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, «Toshkent-Aero» ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksining «Aviayuklar» tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari xorijdan yurtimizga keltirilgan pochta jo`natmalarini o`rnatilgan tartibda “Rapiscan” rentgen apparati yordamida bojxona ko`rigidan o`tkazishdi. 

Tekshiruv davomida 18 nafar fuqarolar nomiga yuborilgan pochta jo`natmalari orasida tegishli bojxona deklarasiyasida ko`rsatilmagan umumiy qiymati 67 million so`mlik 333 quti sifati kafolatlanmagan dori vositalari borligi aniqlandi.

Mazkur dori vositalari O`zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 167-moddasiga binoan yuk kuzatuvchi ya`ni tijorat hujjatlarida to`liq ko`rsatilishi kerak edi. Ammo, hujjatlarda aks ettirilgan ma`lumotlar va tovarlar o`rtasida nomuvofiqlik bo`lganligi sababli ular shaxsiy extiyoj uchun emas, aksincha tijorat maqsadida olib kirilgan deb topildi va hozirda ushbu dori vositalari «Toshkent-Aero» ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi tomonidan vaqtincha saqlovga olinib, tergovga qadar tekshiruv xarakatlari olib borilmoqda.

Ta`kidlash joizki, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 8 iyun 2016 yildagi 191-sonli qaroriga muvofiq jismoniy shaxslar tomonidan yashash yoki bo`lish mamlakati tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan hujjat taqdim etilmasdan, shaxsiy foydalanish uchun turli nomdagi 10 tagacha dori preparatlaridan iborat dori vositalari va ularning har biri uchun 5 o`ramdan ortiq bo`lmagan dori vositalari olib kirilishi va olib chiqilishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1