Samarqand viloyati hokimining buyrug`iga muvofiq 31 dekabr kuni barcha umumiy ovqatlanish muassasalari ishlamaydi, deb yozadi «Samarkandskiy vestnik» nashri.
Viloyat hokimiyatida hokim Z. Mirzaev boshchiligida yangi yil bayramlarini nishonlash va unga tayyorgarlik ko`rishga bag`ishlangan majlis bo`lib o`tdi.
Majlisda odamlar to`planadigan joylarda xavfsizlik choralarini ta`minlash mavzusiga e`tibor qaratildi.
Yangi yil bayrami arafasida ko`ngilochar muassasalarga kech soat 23:00 gacha ishlash tavsiya etildi, mehmonlar soni esa 400 kishidan oshmasligi tayinlandi. Yangi yil oilaviy bayram bo`lganligi sababli barchaga uni uyda oila davrasida kutish tavsiya etildi.





