AsosiyJinoyat

Toshkent tumanida Telegramʼ orqali terrorchilik va ekstremistik g`oyalarni tarqatgan shaxslar qo`lga olindi

'Toshkent tumanida Telegramʼ orqali terrorchilik va ekstremistik g`oyalarni tarqatgan shaxslar qo`lga olindi'ning rasmi

Toshkent viloyatining Toshkent tumanida DXX va viloyat IIBB xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida internetdagi “telegram” messenjeri orqali Suriya davlatiga  "jihod"ga chorlovchi video va audio materiallarni tarqatib, targ`ib qilib kelayotgan fuqaro A.O aniqlanib, qo`lga olindi. Bu haqda IIBB Axborot xizmati xabar berdi.

Tadbir davomida Toshkent tumanida yashovchi fuqaro A.O “telegram” ijtimoiy tarmog`ida alohida guruh tashkil qilib, diniy ekstremistik va terroristik tashkilotlar tomonidan tayyorlangan  "hijrat" va "jihod" qilish to`g`risidagi audio va video ma`ruzalarini tarqatib kelganligi va Toshkent tumanida yashovchi 5 nafar tanishlarini Suriya davlatiga borib xalqaro terrorchilik tashkilotlari safiga qo`shilish hamda jangovar amaliyotlarda ishtirok etishga targ`ib qilib kelayotgani aniqlandi.

Shundan so`ng, ushbu besh nafar shaxslarning yashash manzillarida o`tkazilgan tekshiruv harakatlari davomida jinoyat ishiga aloqador bo`lgan materiallar aniqlanib, prosessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Fuqaro A.O.dan daliliy ashyo sifatida olingan video va audio materiallar bo`yicha o`tkazilgan sud adabiyotshunoslik ekspertizasi xulosasida, ushbu ma`lumotlar aqidaparastlik g`oyalari bilan yo`g`rilganligi, ularni O`zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, saqlash va tarqatish ta`qiqlanganligi ma`lum bo`ldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan fuqaro A.O.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar