Maqtaaral tumanida suv toshqinidan zarar ko`rgan aholi punktlarini tiklash maqsadida 895 ta uy rekonstruksiya qilinmoqda. Ayni paytda 360 ta uyning qurilishi to`liq hajmda yakunlandi. Qolgan uylarning devorlari ko`tarilib, tomi yopilgan, deb xabar bedi Kazinformga tayanib sof.uz.
Viloyat hokimining o`rinbosari Meyrjan Mirzaliev tumanga amaliy tashrif bilan keldi. «Umuman olganda, tumanda qurilayotgan 895 ta uyning 195 tasi O`rgebas ovulida, 314 tasi Firdavsiy ovulida, 386 tasi Mirzakent ovulida joylashgan.
Bugungi kunga qadar Firdavsiy ovulida 88 ta, O`rgebasda 44 ta uyning qurilishi yakunlandi va Mirzakent qishlog`ida 227 ta uyning qurilishi yakunlanmoqda.
Rejaga ko`ra, barcha uylar oktyabr oyining oxiriga qadar to`liq qurib bitkazilishi kerak. Bevosita viloyat hokimi O`mirzaq Sho`kevning nazorati ostidagi ushbu ishlar jadal olib borilmoqda», - dedi M.Mirzaliev.
O`rgebas va Firdavsiy ovullari aholisi davlat ko`magi bilan uy-joy qurmoqda. Uyda qurilish ishlari uchun mablag`lar 3 bosqichda beriladi.
Yaqinda yangi uyga ko`chib o`tgan Gulsara Eshtaeva ham ko`pchilik qatori to`lovni o`z vaqtida olgan.
«Biz yangi uyga ko`chib o`tdik, juda xursandmiz. Davlat, jamoat fondlari va aholi tomonidan juda ko`p turli xil yordamlar ko`rsatildi. Masalan, har bir oila uchun 1 ming AQSh dollari, har bir oila a`zosi uchun 100 ming tenge oldik. Uy qurishga sarflangan barcha mablag`lar tovon puli sifatida berildi.
Bundan tashqari, ba`zi qurilish materiallari bepul etkazib berildi. Ushbu qiyin davrda bizni har tomonlama qo`llab-quvvatlagan Prezidentimizga, viloyat hokimiga o`z minnatdorchiligimizni bildiramiz», - dedi O`rgebas qishlog`ida yashovchi G.Eshtaeva.
Mirzakent ovulida qurilayotgan 386 ta uyning 196 tasi hukumat zaxirasi hisobiga, 190 tasi jamoatchilik tashkilotlari mablag`lari hisobidan qurilmoqda. Bundan tashqari, yangi mahallada maktab, bolalar bog`chasi, tibbiy ambulatoriya va polisiya bo`limi qurilmoqda.






