Fransiyaning Liburn shahrida 80 yoshli erkak elektr pashsha o`ldirgich yordamida hasharotni o`ldirishga urinib, uyini portlatib yubordi. Bu haqda “The Mirror” nashriga tayanib Cputnik xabar berdi.
Hodisa qariya tushlik qilishga chog`langan vaqtda ro`y bergan. U hasharotning vizillaganini eshitgan va undan xalos bo`lish uchun qo`liga elektr pashsha o`ldirgichni olgan. Bu orada uyda gaz ballonidan gaz sizib chiqayotgan bo`lgan. Elektr uskunadan chiqqan uchqun gazning portlashiga olib kelgan. Oqibatda oshxona va uyning bir qismi butunlay vayron bo`lgan.
Qo`llari kuygan erkak kasalxonaga yotqizilgan. Hozirda uning uyi ta`mirlanmoqda.






