AsosiyJinoyat

Andijonda er o`z xotinini pichoqlab o`ldirdi

'Andijonda er o`z xotinini pichoqlab o`ldirdi'ning rasmi

4 sentyabr kuni soat 12:40larda Andijon viloyati Asaka tumani, "Qadriyat" mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro M.U. yashash uyida turmush o`rtog`i M.N. (ayol) bilan oilaviy kelishmovchiliklar sababli o`zaro janjallashgan, deb yozmoqda IIV.

Andijon viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko`ra, M.U. xo`jalik pichog`i bilan M.N.ning bo`yin va qorin qismlariga bir marotabadan urgan va unga nisbatan og`ir tan jarohati etkazgan. Buning oqibatida M.N. voqea joyida vafot etgan. Fuqaro M.U. ushlanib, ashyoviy dalil sifatida undan bir dona xo`jalik pichog`i olingan.

Mazkur holat yuzasidan Asaka tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, fuqaro M.U JPKning 221-moddasiga asosan prosessual tartibda ushlangan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar