Turkiyada koronavirusga chalinganlar soni ortib borayotgani sababli ba`zi karantin cheklovlari qayta joriy qilinyapti. Xususan, mamlakatda jamoat transportlarida turib ketish taqiqlandi.
“Biz SOVID-19 bilan kasallanganlar soni ko`payotganini ko`rmoqdamiz. Shu munosabat bilan pandemiyaga qarshi choralar kuchaytirilmoqda. Kafe va restoranlar yanada qattiq nazorat ostiga olinadi. Hech qanday holatda jamoat transportida turgan holatda harakatlanishga yo`l qo`yilmaydi”, dedi Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo`g`an.
Prezident niqob taqmagan va ijtimoiy masofa saqlamagan fuqarolar, qat`iy ravishda jarimaga tortilishini ta`kidladi.






