AsosiyJinoyat

Chiroqchilik fuqaroni kaltaklab o`ldirganlikda gumonlanayotgan IIB xodimlari sud qilinmoqda

'Chiroqchilik fuqaroni kaltaklab o`ldirganlikda gumonlanayotgan IIB xodimlari sud qilinmoqda'ning rasmi

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida joriy yil boshida fuqaro Ichki ishlar binosida qiynoqqa solinishi natijasida vafot etgani haqida xabar berilgan edi. Oliy sud bugun, 8 sentyabr kuni, jinoyat ishlari bo`yicha Qashqadaryo viloyat sudi binosida tuman IIB rahbari va xodimlariga nisbatan sud jarayonlari haqida xabar berdi.

Voqea ortidan hibsga olingan quyidagi 5 nafar IIB xodimlari sud qilinmoqda:  

N. Ovlaev (1989 yilda Qashqadaryo viloyatida tug`ilgan, millati - o`zbek, O`zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma`lumoti - oliy, oilali, ikki nafar farzandi bor, muqaddam sudlanmagan, Chiroqchi tumani IIO FMB 4-sonli IIB boshlig`i lavozimida ishlagan),

A. Janqabilov (1985 yilda Qashqadaryo viloyatida tug`ilgan, millati - o`zbek, O`zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma`lumoti – oliy, oilali, uch nafar voyaga etmagan farzandi bor, muqaddam sudlanmagan, Chiroqchi tumani IIO FMB 4-sonli IIB jinoyat qidiruv guruhi tezkor vakili lavozimida ishlagan),

Sh. Raxmonov (1978 yilda Qashqadaryo viloyatida tug`ilgan, millati - o`zbek, O`zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma`lumoti - oliy, oilali, uch nafar farzandi bor, muqaddam sudlanmagan, Chiroqchi tumani IIO FMB 4-sonli IIB profilaktika inspektori lavozimida ishlagan),  

A. Tojinorov (1994 yilda Qashqadaryo viloyatida tug`ilgan, millati - o`zbek, O`zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma`lumoti – oliy, muqaddam sudlangan, Chiroqchi tumani IIO FMB 4-sonli IIB profilaktika inspektori lavozimida ishlagan),  

B. G`ayratov (1995 yilda Qashqadaryo viloyatida tug`ilgan, millati - o`zbek, O`zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma`lumoti – oliy, muqaddam sudlangan, Chiroqchi tumani IIO FMB 4-sonli IIB jinoyat qidiruv guruhi tezkor vakili lavozimida ishlagan) ga nisbatan jinoyat ishini ko`rib chiqish bo`yicha ochiq sud boshlandi.

Sudlanuvchilar quyidagi nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqdalar:

N. Ovlaev O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og`ir shikast etkazish), 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish), 234-moddasi (qonunga xilof ravishda ushlab turish yoki hibsga olish), 235-moddasi (qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g`ayri insoniy yoki qadr-qimmatini kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo`llash) va 241-1-moddasi (jinoyatni hisobga olishdan qasddan yashirish) da;

A. Janqabilov O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi, 206-moddasi, 234-moddasi va 235-moddasida;  

Sh. Raxmonov O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi, 206-moddasi, 234-moddasi, 235-moddasi va 241-1-moddasida;  

A. Tojinorov O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi, 206-moddasi, 234-moddasi va 235-moddasida;  

B. G`ayratov O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 209-moddasi (mansab soxtakorligi) va 241-1-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqdalar.

Sud jarayoni davom etmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar