AsosiyDunyo

Mo`g`ulistonda qora o`latdan vafot etganlar soni oshdi

'Mo`g`ulistonda qora o`latdan vafot etganlar soni oshdi'ning rasmi

Mo`g`ulistonning shimoli-g`arbiy qismida joylashgan Zavxon viloyatida 38 yoshli erkak qora o`lat qurboniga aylandi, deb yoqda xs.uz.

«Bu yil boshidan beri mamlakat bo`ylab ushbu kasallik sabab qayd etilgan uchinchi o`limdir», deya xabar bermoqda “Sinxua” agentligi.

Ma`lum bo`lishicha, marhum erkak xastalikni o`tgan oyda Shimoliy Mo`g`ulistonning Xuvsgul viloyatida, odatda, qora o`lat tashuvchilari sifatida qayd etiladigan sug`ur go`shtini eyishi sabab yuqtirib olgan. U bilan yaqin aloqada bo`lgan 25 kishining tahlillarida esa kasallik mavjudligi aniqlamagan.

Mo`g`uliston yuqumli kasalliklar milliy markazining ma`lumotlariga ko`ra, hozirgi vaqtda mamlakatning 21 viloyatidan 17 tasida o`lat bilan kasallanish xavfi mavjud.

    Boshqa yangiliklar