Olimlar koronavirus bilan bog`liq o`pka va yurak to`qimalariga zarar bemorlarda abadiy qolmaydi deya ishonishmoqda. Ular COVID-19 dan sog`aygan bir necha o`nlab bemorlarning holatini kuzatish orqali shunday xulosaga kelishdi.
Bemorlarning kasalxonadan chiqarilgandan so`ng bir necha hafta davomida o`pkalari tasvirlarida shikastlanish izlari qolishi kuzatilgan. Biroq, shu bilan birga, vaqt o`tishi bilan ular yo`q bo`lib ketadi. Bu, nima uchun ko`plab COVID-19 bemorlari faqat nafas olish tizimining buzilishi bilan cheklanib qolmay, balki hid bilish qobiliyatini ham yo`qotishini, ularning ovqat hazm qilish muammolari va qon aylanish tizimining noto`g`ri ishlashini tushuntirishi mumkin.






