Veterinarlarning ma`lum qilishicha, to`rtala it olgan jarohatlar bir xil. Shikastlar bir necha kun farqi bilan etkazilgan. Volontyorlar polisiyaga ariza yozishdi
Qozog`istonlik volontyorlar Nur-Sultonda to`rtta zo`rlangan daydi kuchuk va mushuklarni aniqlashgani haqida ma`lum qilishdi. Jonivorlarning to`rttasi jinsiy a`zolarida yirtilishlar bilan veterinariya klinikasiga olib borilgan. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.
Seshanba kuni volontyorlar to`rtta it ustida jinsiy xarakterdagi zo`ravonlik amalga oshirilgani faktini tasdiqlovchi tibbiy xulosani qo`lga kiritganlar.
"Jonivorlardan birida qon ketish kuzatilayotgan edi. Uni zudlik bilan klinikaga olib bordik. 7 sentyabr kuni yana uchta itni klinikaga etkazdik va polisiyaga murojaat qildik. 8 sentyabr kuni izolyatordagi to`rtala it ustidan jinsiy xarakterdagi zo`ravonlik amalga oshirilgani to`g`risidagi faktni tasdiqlovchi tibbiy xulosani qo`lga kiritdik. O`sha kunning o`zidayoq "Astana Vetservis" rahbariyatini yuz bergan shafqatsizlik haqida og`zaki ogohlantirdik. Ertasi kuni yozma shaklda ogohlantirish yo`lladik", – deyiladi xabarda.
Veterinarlarning ma`lum qilishicha, to`rtala it olgan jarohatlar bir xil. Shikastlar bir necha kun farqi bilan etkazilgan. Xabarda aytilishicha, jonivorlar ushbu izolyatorda anchadan buyon saqlanib keladi. Volontyorlar ushbu ish albatta o`z yakuniga etkazilishiga umid bildirganlar. Volonterlarning fikricha, itlar ustidan zo`ravonlik, chamasi doimiy xarakter kasb etadi va pul topish maqsadida amalga oshirilgan bo`lishi mumkin.
Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






