Nyu-York shtatining Bruklin mavzesida PAYNET shahobchasi ish boshladi. Mazkur shahobchada AQShning istalgan nuqtasidan turib O`zbekistondagi yaqinlarning telefon hisob raqamiga pul o`tkazish imkoniyati mavjud. Ushbu amaliyot naqd pul yoki kartochkalar yordamida amalga oshiriladi, deya xabar beradi Hozirchashu.com nashri.
"Shahobchani ochilganiga ikki oydan oshiqroq vaqt o`tdi, avvaliga amaliyot uchun sinovdan o`tkazdik. Endi AQShning istalgan shtatidan qo`ng`iroq qilib biz bilan bog`lanishingiz va to`lovlarni telefon orqali amalga oshirish mumkin", - deydi shahobchani ochgan yosh tadbirkor Umidbek.
Pul o`tkazmalari shahobcha tomonidan belgilab qo`yilgan miqdorlarda amalga oshiriladi.





