BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish 10 sentyabr kuni tashkil etilgan maxsus onlayn brifingda so`zga chiqib, hukumatlardan vaksina dasturining maqsadlari uchun $35 milliard mablag` so`radi.
"Endilikda bizga barcha o`ylagan rejalarni amalga oshirish uchun $35 milliard kerak. Bu shunchaki raqamlar emas. Agarda keyingi uch oyda ushbu mablag`larni olmasak, imkoniyat oynasi biz uchun yopiladi”, - dedi Guterrish.
Ma`lum qilinishicha, shu kungacha mamlakatlar $3 milliard mablag` ajratgan.






